Toshkent viloyatida ham sexda yong‘in yuz berdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi oyna va eshik ishlab chiqarish sexida yuz bergan boshqa bir yong‘in haqida ham ma’lumot berdi.

Sexda yong‘in soat 14:51 da boshlangan. Yong‘in 300 kv metr maydonga tarqalgan.

Hodisa joyiga yetib borgan yettita yong‘in-qutqaruv ekipaji alangani soat 15:45 da bartaraf qilgan. Hodisada hech kim jabrlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

223

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing