Toshkent viloyati: tovuqxonasida 20 kg marixuana saqlagan shaxs ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 23 sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi xonadonlarning birida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan 20 kg marixuana, 11 tup kannabis hamda nasha va ko‘knor urug‘i topildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Toshkent tumani Ibrat MFYda yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan D.K.ning yashash xonadoni tekshirilgan. Shunda uyning tomorqasidan 11 tup kannabis, tovuqxonasidan vazni 20 kg marixuana, oshxona javonidan 500 gr ko‘knor va 700 gr nasha urug‘i topilgan. 

Bundan tashqari, ushbu giyohvandlik vositalari iste’moli uchun mo‘ljallangan, qo‘lbola usulda yasalgan idishlar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan. 

Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 sentyabr kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanida giyohvandlik vositalari, xususan, kannabis va marixuana yetishtirish uchun tashkil qilingan “maxsus laboratoriya” aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

207

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing