Toshkent viloyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tugatildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tugatildi. Vazirlar Mahkamasining shu haqdagi tegishli qarori joriy yilning 9 sentyabr kuni qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va viloyat hokimligi bir oy muddatda bosh boshqarmaga tegishli bino va inshootlar, avtotransport vositalari hamda tovar-moddiy aktivlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, Toshkent viloyati hokimligiga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, tugatilayotgan shtat birliklari hisobidan 20 ta shtat birliklari va ish haqi xarajatlari uchun talab etiladigan mablag‘lar Chirchiq shahar obodonlashtirish boshqarmasiga o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2019 yil 21 noyabrda Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 931-sonli qarori qabul qilingandi. Boshqarma tugatilishi bilan ushbu qaror ham o‘z kuchini yo‘qotdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda obodonlashtirish xodimlari tomonidan chinor daraxtlari kesib tashlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing