Toshkent viloyati XTBga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
29 mart 2021
5401Azamat Jamolovich Kamolov Toshkent viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga qadar Azamat Kamalov turli mas’ul lavozimlarda, jumladan Toshkent viloyati hokimligida Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyati mudiri hamda tashkiliy-nazorat guruhi rahbari lavozimlarida mehnat faoliyatini olib borgan.
Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasining avvalgi boshlig‘i Sirojiddin Qodirov Xalq ta’limi vazirligiga bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.