Toshkent viloyati IIOda lavozimiy o‘zgarishlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati IIBB mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari hamda hududiy ichki ishlar bo‘limiga rahbar tayinlandi. Bu haqda Viloyat IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, podpolkovnik Hotam Qodirov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – markaz boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Hotam Qodirov tayinlovga qadar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining ikkinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – markaz boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining ikkinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – markaz boshlig‘i lavozimiga Polkovnik Nizom Xubbimov tayinlangan.

U bunga qadar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining uchinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili - markaz boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Otabek G‘anibekov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining uchinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili - markaz boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Otabek G‘anibekov tayinlovga qadar Bo‘ka tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Jahongir Hidoyatov Bo‘ka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar J. Hidoyatov Oqqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Avvalroq, Parpiyev Anvar Kadirovich Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Ichki ishlar organi

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing