Toshkent viloyati IIBB rahbari Samarqandga ishga o‘tdi

Jamiyat

image

Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i asosida Tohir To‘lqinovich Aripov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati hokimligida Zoyir Mirzayev raisligida faollar, shahar va tumanlar hokimlari ishtirokida majlis o‘tkazilgan. Tadbirda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining lavozim o‘zgarishlariga doir buyrug‘i o‘qib eshittirilgan.

Viloyatning sobiq IIB boshlig‘i Tohir To‘lqinovich Aripov hududda jamoat xafvsizligini ta’minlash, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash borasidagi samarali faoliyati uchun Toshkent viloyati hokimligining "Faxriy yorlig‘i" bilan taqdirlangan.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov hamishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Tohir Aripov 2018 yilning 15 oktyabridan beri Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U bunga qadar 2017 yilning iyulidan 2018 yil mayigacha IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajargan. Shuningdek, qisqa muddat Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari ham bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Tohir To‘lqinovich Aripovga general-mayor maxsus unvoni berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB Zoyir Mirzaev Samarqand Tohir To'lqinovich Aripov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing