Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Jamiyat
−
01 dekabr 2020
8748O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Podpolkovnik Hamid Rahimjonovich Zokirov – Toshkent viloyati IIBB Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar, Hamid Zokirov Toshkent viloyati IIBB Moliya va moddiy – texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-moddiy-texnika va xo‘jalik xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Sohibjon Zikrillayevich Norov – Toshkent viloyati IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar, Sohibjon Norov Toshkent viloyati IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasida mas’ul lavozimda faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Tolibjon G‘ofurovich Azimov – Toshkent viloyati IIBB Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari –moddiy-texnika va xo‘jalik xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar, Tolibjon Azimov IIV tizimida mas’ul lavozimda faoliyat yuritgan.
Mayor Botir Ismoilovich Qayumov – Quyi Chirchiq tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar, Botir Qayumov Ohangaron tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Valijon Anarqulovich Xudayqulov – Oqqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar, Valijon Xudayqulov Oqqo‘rg‘on tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Narzulla Bekmurzayevich Sultonov – Bekobod tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar, Narzulla Sultonov Bekobod tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.