Toshkent viloyati bosh imom-xatibining vafoti sababi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
18 Sentabr 2020
51311Joriy yilning 16 sentyabr kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov vafot etgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi imomning vafoti haqidagi xabarda uning o‘limiga nima sabab bo‘lganini ochiqlamagan edi.
QALAMPIR.UZ'ga ma’lum bo‘lishicha, 44 yashar Xayrulloh domla Turmatovning vafotiga ko‘rinmas dushman - koronavirus sabab bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi marhumning nomini koronavirus qurbonlari ro‘yxatiga qo‘shdi.
Xayrulloh domla Turmatov 1976 yilning 16 avgust kuni Toshkent viloyati, Angren shahri tavallud topgan edi.
U 1994-2003 yillarda - Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, “Chet Suv” jome masjidi imom-xatibi hamda Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, 20-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi;
1998-2003 yillarda - Toshkent viloyati pedagogika instituti talabasi;
2000-2001 yillarda - Toshkent islom instituti talabasi;
2003-2014 yillarda - Toshkent viloyati, Angren shahar, “Qorabog‘” jome masjidi imom-xatibi hamda Angren shahar bosh imom-xatibi bo‘lgan.
2014 yildan hozirgacha O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent viloyat vakili hamda Zangiota tumani, “Zangiota” jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi