Toshkent viloyati hududlari toifalarida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida turli ranglarga toifalangan hududlarda o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shu kecha kunduzgacha koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqqan holda viloyat tegishli mutasaddilari tomonidan hududlardagi ahvol quyidagicha baholanmoqda.

"Qizil" hudud toifasiga:

Chirchiq shahri, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Qibray, Parkent, Piskent, Chinoz, Yangiyo‘l, Toshkent tumanlari;

"Sariq" hudud toifasiga

Angren, Bekobod, Yangiyo‘l shaharlari, Bo‘stonliq, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari;

"Yashil" hudud toifasiga

Nurafshon, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Ohangaron, Bo‘ka, Quyi Chirchiq tumanlarini kiritish tavsiya qilingan.

Avvalroq, Respublika bo‘yicha hududlarning “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalari ro‘yxati yangilangani ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, hududlarni "qizil", "sariq" va "yashil" toifaga ajratib belgilash O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Koronavirus O'zbekistonda Respublika maxsus komissiyasi

Baholaganlar

210

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing