Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 21 oktyabr kuni Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Bahodirbek Mullaxonov vafot etdi.

Toshkent viloyati hokimligi Bahodirbek Mullaxonovning oila a’zolari, yaqinlari va safdoshlariga chuqur ta’ziya bildirdi. 

Hokimlik Bahodirbek Mullaxonovning o‘limi sababi haqida ma’lumot bermagan.

Ma’lumot uchun, Bahodirbek Mullaxonov joriy yilning 20 fevral kuni Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodirbek Mullaxonov

Baholaganlar

371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar