Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati hokimiga shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi. 

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Barhayot Baxtiyorjonovich Meliyev Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Barhayot Meliyev 1987 yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2010 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 

Lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati tayinlov

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing