Toshkent viloyati hokimiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 2 fevral kuni Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi. Unda tayinlov amalga oshirildi.

Sessiyada Toshkent viloyati hokimining tegishli qaroriga muvofiq Zuhra To‘rayevna Mirg‘oziyeva viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Zuhra Mirg‘oziyeva shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq, Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ulug‘bek Uzoqov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 30 yanvar kuni Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi. Viloyatning sobiq hokimi Rustam Xolmatov esa Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi lavozimiga tayinlanishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing