Toshkentda bir oylik chaqalog‘ini sotgan ona ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida onalar bolalarini sotishi bilan bog‘liq holat qayd etildi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

DXX va IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan A.Sh. joriy yilning 15 iyun kuni tug‘ilgan farzandini 35 ming AQSH dollariga sotib, kelgusida bolani qaytarib olish uchun da’vo qilmaslik bo‘yicha tilxat yozib bergan vaqtida ushlangan. Shuningdek, uning mazkur noqonuniy harakatini amalga oshirishida yordam bergani uchun 200 AQSH dollari olgan tug‘uruqxona shifokori ham qo‘lga olingan.

Boshqa holatda esa DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Boyovut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1993 yilda tug‘ilgn X.D. o‘zining 4 yashar o‘g‘lini 16 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing