Toshkent va Samarqandda o‘qishga kiritib qo‘yaman deb pul undirgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
10 may
3293Toshkent shahrining ikki tumani va Samarqand viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolarni chuv tushirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXX hamda departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro J.R.ga Qozog‘istondagi universitetning 2-bosqichini tamomlaganligi haqida qalbaki hujjat tayyorlab berish orqali uni Toshkent shahridagi Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.I. fuqaro D.D.ga Qozog‘istondagi universitetning 1-bosqichini tamomlaganligi haqida qalbaki hujjat tayyorlab berish orqali uni O‘zbekistondagi universitetlardan biriga 2-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi xodimi F.Sh. 2 nafar fuqaroni ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi