Bosh vazir o‘rinbosari “tonirovka” bo‘yicha yangi qaror haqida ma’lumot berdi
Jamiyat
−
01 avgust 2019
11355Avtoulovlar oynasining tusini o‘zgartirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan yangi Hukumat qarorida deputatlar bildirgan takliflar ham o‘z aksini topyapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.
Bugun, 1 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat dasturi ijrosi yuzasidan Bosh vazir o‘rinbosarining axboroti tinglanmoqda. Bu haqda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Aziz Abduhakimov ma’ruzada keng jamoatchilik va deputatlar tomonidan so‘nggi paytlarda ko‘tarilayotgan ijtimoiy muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflar Hukumat tomonidan e’tiborda ekanligini qayd etdi. Shuningdek, mamlakat taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan barcha ommaviy axborot vositalari, blogerlar, keng jamoatchilik va deputatlarga alohida minnatdorchilik bildirdi.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi vakillari tomonidan ko‘tarilgan va Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan “tonirovka” va “termoplyonka” masalasiga ham to‘xtalib, e’lon qilinishi kutilayotgan qarorda fraksiyaning takliflari ham o‘z aksini topgani ta’kidlandi.
Avvalroq, “tonirovka” masalasida Hukumatning yangi qaror loyihasi tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, “tonirovka” ruxsatnomasini olish uchun belgilanadigan taxminiy narxlarni ham keltirib o‘tgandik.
LiveBarchasi