Toshkent va Navoiyda OTM xodimlari jinoyat ustida qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Davlat xavfsizlik xizmati korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq bir qator jinoyatlarga chek qo‘ydi. Qayd etilgan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Bu haqda “O’zbekiston24” telekanali xabar berdi.

Aniqlanishicha, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sirtqi bo‘limi uslubchisi (metodist) fuqaroga o‘zini mazkur universitet dekani o‘rinbosari deya tanishtirib, uning ishonchiga kirgan.

DXX xabariga ko‘ra, u agar 1 300 AQSH dollari bersa, tanishini universitetda yuqori lavozimda ishlovchi yaqin aloqalari orqali ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha sirtqi bo‘limga o‘qishga kiritib qo‘yishi mumkinligini aytgan. Universitet uslubchisi DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda kelishilgan pulni olgan vaqtda, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bu kabi holat Navoiy viloyatida ham qayd etilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Navoiy davlat pedagogika institutining marketing bo‘limi boshlig‘i ham mahalliy fuqarodan uning tanishini mazkur institutning musiqa fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 3000 AQSH dollari talab qilgan. 

DXX Navoiy viloyati boshqarmasi hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida marketing bo‘limi boshlig‘i so‘ralgan pulning yarmini, ya’ni 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan. 

Avvalroq, Andijon va Urganchda universitet o‘qituvchilari abituriyentni o‘qishga kiritish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingandi. 

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing