Toshkent va Navoiy viloyatlarida chiqindi to‘plash xizmati qimmatladi
Jamiyat
−
13 fevral
2759Toshkent hamda Navoiy viloyatining ayrim hududlarida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining ayrim hududlari (Bekobod va Nurafshon shahri hamda Zangiota tumani)da jismoniy shaxslar, ya’ni aholi uchun 7 840 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m kub uchun 82 880 so‘m (QQS bilan) to‘lov miqdori belgilangan.
Shu bilan birga, Navoiy viloyatining ayrim hududlari (G‘ozg‘on shahri hamda Xatirchi, Navbahor, Nurota va Konimex tumanlari)da jismoniy shaxslar ya’ni aholi uchun 4 950 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m kub uchun 80 080 so‘m (QQS bilan) miqdorida to‘lov tasdiqlangan.
Shuningdek, maishiy chiqindilarni joylashtirish, saqlash, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish xizmati uchun Navoiy viloyati bo‘yicha 1 m kub – 20 160 so‘m (QQS bilan) hamda 1 tonna – 48 933 so‘m (QQS bilan) etib tasdiqlangan.
“Mazkur majburiy yagona tariflar sanitar tozalash korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlashga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlangandi.
LiveBarchasi