Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 8-13-dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet rahbari Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘jayev ma’lum qildi.

Bildirilishicha, 10-12-dekabr kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 17 – 22 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, joriy yil 8-13-dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan,Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari) hamda Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan.

“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deydi Habibullaxo‘jayev.

Eslatib ztamiz, avvalroq “O‘zgidromet” rahbari joriy yilning 9-14 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ob-havo Namangan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing