Toshkent va Angrenda pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

Jamiyat

image

Angren shahri va Mirobod tumanida fuqarolarni o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.A. fuqaro O.ning ishonchiga kirib, uni 3500 AQSH dollari evaziga tanishlari orqali O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga kiritib qo‘yishga va’da berib, oldindan 1500 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Mirobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro P.A. fuqaro S.ni tanishlari orqali Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing