Toshkent tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
19 fevral 2020
13222Bugun, 19 fevral kuni Toshkent viloyati Toshkent tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda hokimlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent tumani hokimi Akbar Sulaymonov Toshkent tumani hokimi vazifasidan ozod etilib, o‘rniga Odilxon Rustamov nomzodini tasdiqlandi.
Odilxon Rustamov faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi, Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimi, Toshkent viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari v.v.b. lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bekobod va Yangiyo‘l tumanlarida hokim o‘zgargan.
LiveBarchasi