Toshkent tumanida bir-biriga tutash xonadonlar yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Toshkent tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.  

Bugun, 30 may kuni soat 13:59 da Toshkent tumani “Abdurahmonov” mahallasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:24 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:15 da o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida 3 ta xonadonning taxminan 450 kv metr maydonda tom va ichki jihozlari yonib zararlangan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Toshkent tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing