O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi reyslar bekor qilindi
Jamiyat
−
19 iyul 2021
9399Joriy yilning 19 iyul kuni Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchadigan HY 301/302 reyslari koronavirus sababli bekor qilindi. Bu haqda “Uzbekistan airways” Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu reysning bekor qilinishiga O‘zbekistonning Isroil fuqarolari uchishi mumkin bo‘lmagan hududlar ro‘yxatiga kiritilgani sabab bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, “Uzbekistan airways” vujudga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, bekor qilingan reyslar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil joriy yilning 12 iyulidan o‘z fuqarolariga koronavirus sabab O‘zbekiston, shuningdek Belarusga borishni taqiqlagandi.
LiveBarchasi