Toshkent SSBga boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
06 dekabr
6248Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Botirbek Isabekov Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
U tayinlovga qadar ushbu bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Ma’lumot uchun, Isabekov 2001 yilda Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2003 yilda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining ordinatura bosqichlarini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida u Uchtepa tumanidagi 30-son oilaviy poliklinika hamda ushbu tuman tibbiyot birlashmasida bosh shifokor muovini, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Elyor Doniyorovich Oltiyev Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.
Farangiz Qosimova