Toshkent viloyati SSBga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan To‘raqul Sodiqovich Arziqulov Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lumot uchun, To‘raqul Arziqulov 1993 yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot institutini, 1995 yilda klinik ordinatura, 1998 yilda Rossiya xirurgiya ilmiy markazining aspirantura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik xastaligi xirurgiyasi bo‘limida ilmiy xodim sifatida boshlagan.

Turli yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati cog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyat filiali direktori bo‘lgan, 2018 yil iyunidan 2023 yil mayiga qadar Toshkent viloyati cog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Tibbiyot fanlari doktori To‘raqul Arziqulov tayinlovga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamentida mas’ul lavozimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent viloyati tayinlov SSB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing