Rossiya koronavirus yuqtirgan xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yubormoqchi
Olam
−
03 fevral 2020
7734Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin Rossiya yangi turdagi koronavirus 2019-nCoV aniqlangan chet el fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborishi mumkinligini aytdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur chora mamlakatning koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishga oid milliy rejasidan o‘rin olgan.
“Endi u o‘ta xavfli kasalliklar ro‘yxatiga kiritilgan. Bu chet el fuqarolarida shunday kasallik aniqlanganda ularni chiqarib yuborish va maxsus cheklovlar, shu jumladan, izolyatsiya yoki karantin chora-tadbirlarini joriy etish imkonini beradi”, deydi Bosh vazir.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.
JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr