Kimlarga maoshining 100 barobari miqdorida nafaqa to‘lanadi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.

Nizomga muvofiq kimlarga tatbiq etiladi?

Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizligi davlat xizmati tizimida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.

Nizom talablari quyidagilarga tatbiq etiladi:

•    shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarga;
•    Qurolli Kuchlar tizimida maxsus unvonda xizmat qilayotgan xodimlarga;
•    muddatli harbiy xizmatchilarga;
•    oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursant va tinglovchilariga;
•    xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga;
•    safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilariga.

Nafaqa miqdori

•    Harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lganida (vafot etganida) uning oila a’zolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi bo‘yicha maoshi (oliy harbiy ta’lim muassasasi kursanti, tinglovchisining stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 100 barobari;
•    og‘ir tan jarohati olganda 50 barobari;
•    o‘rtacha og‘ir tan jarohati olganda 20 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.

Nafaqa kimlarga berilmaydi?

•    Giyohvand, psixotrop, alkogol yoki zaharli moddalar yordamida mast holatga kelgan;
•    jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan;
•    o‘z joniga qasd qilganlarga nafaqa to‘lanmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

nafaqa

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing