Toshkent shahar IIBBda yangi boshqarma tashkil etiladi
Jamiyat
−
06 mart 2019
8025O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Transport va turizm ob’ektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:
Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida joriy etilayotgan Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) Toshkent shahri, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida tatbiq etish va bosqichma-bosqich amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining belgilangan shtatlar soni doirasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalarini (keyingi o‘rinlarda – boshqarmalar) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Boshqarmalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
bevosita turistik namoyishi ob’ektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida ichki ishlar organlari xizmatini samarali tashkil qilish;
ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash borasidagi faoliyatini axborot-texnik jihatdan ko‘maklashish, ular o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlashtirilgan hamkorlik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
turistik namoyishi ob’ektlari va infratuzilmasi hududlarida kriminogen vaziyatni tizimli tahlil qilish, turistlarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
LiveBarchasi