Toshkent shahridagi yo‘l vaqtincha yopildi
Jamiyat
−
09 Sentabr 6155 1 daqiqa
Toshkent shahar Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasi issiqlik tarmoqlarining ayrim qismi almashtirilishi sababli 20 kunga yopiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Sergeli tumanining Qumariq ko‘chasida diametri 325 mm bo‘lgan issiqlik tarmoqlarining umumiy 1000 metr uzunlikdagi qismi almashtiriladi. Ishlar pudrat tashkiloti tomonidan joriy yilning 10-30 sentyabr kunlari yo‘l qismi yopilgan holda amalga oshiriladi.

Ishlar davomida kargo xizmatlari, Aviatsiya xavfsizligi xizmati, Aeroport xodimlari, avariya-qutqaruv xizmatlari va yaqin atrofdagi uylarning aholisi uchun kirish va o‘tish imkoniyati ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasini qurilish va ta’mirlash ishlari doirasida uning bir qismida avtotransport harakati vaqtincha cheklangan edi.
Live
Barchasi