“Toshkent suv ta’minoti”ga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat
−
05 mart 2021
5504“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisining bugun, 5 martdagi buyrug‘i bilan Ilhom Tolipov “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ direktori etib tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Ilhom Tolipov 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2002-2021 yillarda suv ta’minoti sohasida turli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Ilhom Tolipov “Toshkent suv ta’minoti” direktor o‘rinbosari va “Chimyon-Chorvoq” MCHJ direktori bo‘lgan.
LiveBarchasi