Toshkent shahar IIBB 5 yoshli bola ishtirokidagi YTH bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Kecha, 9 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi bolani urib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahrining Sergeli tumanida yuz bergani, bolaning ota-onasi yonida bo‘lmagani aytilgandi.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati mazkur YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, YTH kecha, 9 iyul kuni soat 19:20 da Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi 26 yoshli Bahrom X. Matiz avtomobilida yo‘ldan o‘tayotgan besh yoshli R.S.ni urib yuborgan.

Haydovchi bolani shifoxonaga olib borgan. Bola YTHda jiddiy jarohat olmagan. Xabarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi ortidan bolaning ota-onasi ham topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sergeli

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing