Toshkent shahar IIBB haydovchilarga murojaat yo‘lladi

Jamiyat

image

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 30 apreldan e’tiboran fuqarolarga soat 07:00 dan 10:00 ga hamda soat 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yo‘lovchilar bilan birga), shu jumladan, velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berildi.

Komissiya xulosasiga asosan, fuqarolar barcha turdagi yengil avtomashinalarga yo‘lovchilari bilan birga ish joylariga borish, zaruriy dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun harakatlanishlari mumkin.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi avtombil boshqarishga ruxsat berilgani munosabati bilan haydovchilarga murojaat bilan chiqdi.

“Haydovchilarimizdan harakatlanishdan oldin transport vositalarni to‘liq va yaxshi ish holatida ekanligiga ishonch xosil qilishingizni so‘raymiz. Avtomobilning texnik holatini tekshirishda, dvigatel, tormoz va fuqaboshqaruv tizimi, yordamchi jihozlar(tozalagichlar yorug‘lik va ovoz signallar), shinalar hamda davlat raqamlariga alohida e’tibor berishingizni so‘raymiz. Yoqilg‘i va boshqa suyuqliklar holatini tekshiring va sizib chiqmayotganligiga, ogohlantirish belgisi borligiga ishonch hosil qiling. 

Yodingizda bo‘lsin, texnik nosozlik bo‘lgan transport vositalaridan foydalanish yo‘l harakati qoidalari tomonidan taqiqlangan. Yo‘llarda keskin harakatlanmang va qayrilmang, asta qo‘zg‘alib sekin to‘xtang, asta-sekin tezlikni oshiring hamda pasaytiring. Yo‘l harakati, ob-havo va yo‘l belgilari talablari asosida harakatlaning. Yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya qiling va harakat vaqtida e’tiborli bo‘ling. 

Yodingizda tuting, siz, sizning yo‘lovchilaringiz hamda boshqa harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘i va hayoti, sizning yo‘llardagi harakat madaniyatingizga bog‘liq. E’tiboringizni shunga qaratmoqchimizki, respublika maxsus komissiyasi belgilagan vaqtdan tashqari transport vositalarida xarakatlanish karantin qoidalarini buzishga olib keladi.

O‘zingiz hamda yaqinlaringizni ehtiyot qiling va salomat bo‘ling”, deyiladi boshqarma murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, taksi xizmatini ko‘rsatuvchilarga ma’lum vaqtlarda ham yo‘lovchi tashishga ruxsat berildi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB karantin

Baholaganlar

345

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing