Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling – Toshkent shahar hokimligi
O‘zbekiston
−
01 Avgust 2019 7757 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Toshkent shahar hokimligi vakillari sifatida tanishtirib, tadbirkorlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi yozuvi tushirilgan bayramona yorliqlarlarni xarid qilishga majbur etayotgan kishilar haqida ma’lumotlar tarqaldi.
Mazkur xabarlar yuzasidan Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ogohlantirish bilan chiqdi.
“Barchangizni bu ishning hokimlikka aloqasi yo‘qligi, firibgarlik ekanligi haqida ogohlantirib, ayyorlik yo‘li bilan pul ishlayotgan bunday kishilar ta’siriga tushib qolmaslikka chaqiramiz”, deyiladi xabarda.

Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr