Toshkent shahar hokimligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyun kuni Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kuzatilmoqda. Shu bois shahar hokimligi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.

“Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qo‘ymasligingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yog‘ingarchiliklar bilan bog‘liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan  (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog‘lanishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

shamol

Baholaganlar

1201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing