Toshkent shahar hokimligi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2-5 avgust kunlari Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qo‘ymasligingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yog‘ingarchiliklar bilan bog‘liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan  (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog‘lanishingiz mumkin.

“Shuningdek, murojaatingizni Xalq Nazorati portali va ilovasi orqali yuborish imkoniyati mavjud”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shamol

Baholaganlar

876

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing