Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pulli yo‘llari qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent-Samarqand pulli magistral avtomobil yo‘llarini qurish ishlari 2024 yilda, Toshkent-Andijon yo‘lini qurish ishlari 2026 yilda boshlanadi. Bu haqda joriy yilning 30 avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida 2024-2030 yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilandi.

Unga ko‘ra, 2024-2026 yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar, 2024-2030 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi tasdiqlandi. Buning uchun yirik shaharlar o‘rtasida qulay va tezkor avtomobil qatnovi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida kamida 1000 kilometr zamonaviy pulli magistral avtomobil yo‘llarini qurish va modernizatsiya qilish lozimligi belgilandi.

Ma’lumot uchun, Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi 2023 yilning dekabr oyida ishlab chiqilgan. Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy hujjatini ishlab chiqish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 350 ming dollar miqdorida grant mablag‘lari ajratilgan. Loyiha xalqaro standartlarga javob beradigan 305 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘li 6 tasmali avtomagistral talablari asosida quriladi. Shuningdek, hamma tutashma va inshootlar ustidan yangi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar qurish hamda intellektual transport tizimini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Toshkent-Andijon pulli yo‘li Toshkent va boshqa hududlarni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lashga yordam beradi. Loyihaning umumiy uzunligi 314 kilometr bo‘lib, uning qiymati 4,65 milliard dollarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent-Andijon pulli yo‘lini qurish qanchaga tushishi ochiqlanib, yo‘lni qurish uchun 2 mlrd AQSH dollaridan ortiq mablag‘ sarflanishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent-Samarqand Toshkent-Andijon pulli yo'llar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar