Toshkent prokurori vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Jamiyat

image

Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Buni Bosh prokuratura tomonidan e’lon qilingan xabardan anglash mumkin.

Bildirilishicha, Toshkent shahrida joriy yilning 15 iyul kunidan 15 avgust kuniga qadar “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” nomi ostida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash oyligi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan, o‘tkazilgan saf tayyorgarligida shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar O‘rmonov ham ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Anvar O‘rmonov 2023 yildan buyon Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Undan avval u Shayxontohur va Sergeli tumanlarida prokurorlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil yanvardan 2025 yil iyulgacha poytaxt prokurori lavozimida ishlab kelgan Erkin Yo‘ldoshev Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Anvar O'rmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing