“Toshkent—Omsk” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnay boshlaydi

Jamiyat

image

2018 yilga qadar O‘zbekistondan Rossiyaga boruvchi fuqarolar Rossiyaning Omsk shahriga borish uchun havo yoki temir yo‘llari orqali yoki shaxsiy avtotransportdan foydalanishgan. Ushbu yo‘nalishga To‘g‘ridan to‘g‘ri avtobus qatnovlari bo‘lmagan.

Joriy yilning 15 fevral kunidan “Toshkent—Omsk” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari amalga oshiriladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning dekabr oyidan boshlab O‘zbekistondan Rossiyaning Moskva, Samara, Peterburg, Ufa kabi 10 ta shahriga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Ungacha esa Nijniy Novgorod shahriga avtobus qatnovi joriy qilingan edi. 

Yangi ochiladigan yo‘nalishda “O‘zavtotrans servic” korxonasining zamonaviy avtobuslarida xizmat ko‘rsatiladi. Qatnovlar haftaning seshanba va shanba kunlariga belgilangan. Shaharlar o‘rtasidagi 2200 kilometr masofani avtobuslar 32 soatda bosib o‘tadi.

“Ushbu yo‘nalish bo‘ylab ilk avtobus 15 fevral kuni soat 18:00 da “Toshkent” avtovokzalidan Omsk shahrining “Kamarova” avtovokzali tomon harakatlanishni boshlaydi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 450 000 so‘m yetib belgilangan”, deyiladi xabarda.

“Uzavtotrans servic” korxonasi tomonidan yo‘lovchilarga yuqori darajada servis xizmatini ko‘rsatish va tashuvlar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Yo‘nalishga chiqishdan oldin avtobuslar texnik ko‘rikdan, haydovchilar esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Yo‘lovchi tashish faoliyati sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urtalangan. 

Xabarda aytilishicha, Toshkentdan qatnaydigan shaharlararo avtobuslarga chiptani onlayn olish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Omsk

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing