Toshkent mundialiga boykot e’lon qilgan davlatlar soni yana bittaga ko‘paydi

Sport

image

Buyuk Britaniya boks federatsiyasi joriy yilning may oyida Toshkentda o‘tkaziladigan boks bo‘yicha Jahon chempionati bahslariga boykot e’lon qildi.

Musobaqaga boykot e’lon qilgan boshqa davlatlar singari Buyuk Britaniya ham mundialda qatnashmasligiga sabab qilib Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA)ning Rossiya va Belarus bokschilariga o‘z bayroqlari ostida Jahon chempionatida ishtirok etishga ruxsat bergani bo‘lmoqda. 

“Bu qaror Olimpiada dasturidagi boksning kelajagi borasida davom etayotgan xavotirlarni hamda IBA'ning Rossiya va Belarus bokschilariga o‘z bayroqlari ostida musobaqadagi ishtirokiga ruxsat berish haqidagi qarorini aks ettiradi. Bu qaror Xalqaro olimpiya qo‘mitasi pozisiyasiga zid hisoblanadi”, deyiladi Buyuk Britaniya boks federatsiyasi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida  bir necha davlatlar O‘zbekistonda o‘tadigan yirik turnirda ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi. Ular ham xuddi Britaniyadek Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyovning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatda ekanligini va IBA'ning “Gazprom” bilan hamkorlik qilishi, shuningdek, IBA Rossiya bilan Belarus bokschilariga o‘z bayroqlari ostida musobaqada ishtirok etishiga ruxsat berganini turnirda qatnashmaslik uchun sabab sifatida ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Toshkent mundiali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing