Toshkent mundiali ochilish marosimi qanday o‘tdi? (fotoreportaj)

Sport

Ikki hafta davomida Toshkent shahri mezbonlik qiladigan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati ochilish marosimi poytaxtdagi “Humo” arenada o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan QALAMPIR.UZ muxbiri marosimning muhim lahzalari bilan o‘rtoqlashdi.

Dastlab arenada sahnaviy chiqishlar namoyish etildi, keyin esa birma-bir musobaqa ishtirokchilari ma’lum qilindi.

Badiiy qism yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqib, o‘tgan yillar davomida o‘zbek sporti, jumladan, o‘zbekistonlik bokschilarga erishgan salmoqli natijalarni eslab o‘tdi. Shuningdek, Bosh vazir ayni vaqtda 2025 yil Toshkentda o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonlari jadallik bilan davom etayotganini ta’kidladi. Aripovning nutqi tugagach, so‘z IBA prezidenti Umar Kremlyovga berildi.

Kremlyov O‘zbekistondagi tashkilotchilikka yuqori baho berib, barcha mutasaddilarga minnatdorlik bildirdi va musobaqani ochiq deb e’lon qildi.

Birozdan so‘ng esa turnir hakami va bokschisi musobaqa qasamyodini qabul qildi.

Ochilish marosimining yakuniy qismida musobaqaning kutilgan mehmoni, afsonaviy “Bone M” guruhi o‘zining mashhur qo‘shiqlarini kuylab, arena mehmonlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Jahon chempionati Toshkent mundiali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing