Toshkent metrosining yer usti bekatlarini nomlash ovozga qo‘yildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisini metroning 19 ta yangi bekatiga nom qo‘yish uchun ovoz berishga taklif qildi. Bu haqda hokimlikning Telegram-kanalida xabar berildi.

Keltirilishicha, 2022 yil 5-11 dekabr kunlari geonom.tashkent.uz saytida shahar metropoliteni yer usti liniyasining “Do‘stlik-Qo‘yliq” va “Olmazor-Sergeli” yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatiga nom berish bo‘yicha takliflar yig‘ilgan.

Ma’lum qilinishicha, metro bekatlariga nom qo‘yish uchun ovoz berish joriy yilning 4 aprel kunidan 18 apreliga qadar davom etadi.

Metro bekatlari nomlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalari Transport vazirligiga tegishli takliflarni tayyorlash va keyinchalik ularni Vazirlar Mahkamasiga qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing