Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘lida poyezdlar harakati cheklanadi
Jamiyat
−
13 dekabr 2022
5870Joriy yil 16 dekabrdan boshlab Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo‘lida poyezd harakati 23:00 dan keyin cheklanadi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 16 dekabr sanasidan metro temir yo‘llarida bajarilishi lozim bo‘lgan texnik ishlar hamda o‘rnatilgan qurilmalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida metropolitenning "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi.
“Keltirilgan noqulaylik yuzasidan barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi metropoliten xabarida.
Qayd etilishicha, texnik ishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Avvalroq Qo‘yliq metro bekati demontaj va montaj ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 21 noyabrdan 6 dekabrga qadar yopilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi