Toshkent metrosining 5 ta bekatida rekonstruksiya ishlari boshlandi (video)

Jamiyat

image

Toshkent metrosining shu paytgacha ikkinchi vestibyullari yopiq bo‘lgan 5 ta metro bekatining xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘rnatilgan tartibda hukumat ruxsati bilan qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlandi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu ta’mirlash ishlari yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan qilinmoqda. Qurilish ishlari O‘zbekiston yo‘lining “O‘zbekiston”, “Mashinasozlar”, “G‘afur G‘ulom” bekatlari, Chilonzor yo‘lining “Milliy bog‘” hamda Turkiston yo‘lining “Yunus Rajabiy” bekatida olib boriladi.

Ma’lumot uchun, Toshkent metropoliteni 2021 yil bir kunda 280-300 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatgich 920-930 mingni tashkil etmoqda. Shuningdek, 2024 yil yakuniga qadar metrodan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni 1 millionga yetishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Xalqlar do‘stligi” metro bekatiga kirish qismlaridan biri vaqtincha yopilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

“O'zbekiston” “Mashinasozlar” “G'afur G'ulom” “Milliy bog'” “Yunus Rajabiy”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar