Toshkent metropolitenida ikkita poyezd to‘qnashdi
Jamiyat
−
19 mart 2021
52063Kecha, 18 mart kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor va Sirg‘ali yo‘nalishlari orasida ikkita poyezd to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. bu haqda FAVV xabar berdi.
Taxminan soat 20:10 larda “Olmozor” yer osti metro bekatidan “Sirg‘ali” metro yo‘nalishining “Choshtepa” yer usti metro bekati tomon harakatlanib ketayotgan 4 ta vagondan iborat yo‘nalish tarkib(sostav)ning texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan. Natijada ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan navbatdagi yo‘nalish tarkibi (sostav) to‘xtab turgan vagonga borib yengil urilgan. Ma’lum bo‘lishicha, hodisada jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Vagonlarga ham katta zarar yetmagan.
Shuningdek, “Sirg‘ali” metro yo‘nalishining voqea sodir bo‘lgan qismida harakat vaqtincha to‘xtatilganligi bois, qolgan tarkib (sostav)larning harakati qo‘shimcha (yordamchi) yo‘nalish bo‘yicha davom ettirilgan. Hozirda ushbu yo‘nalishda harakatlar to‘liq qayta yo‘lgan qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar FVB, IIB hamda Metropoliten xodimlari tomonidan vagon ichidagi yo‘lovchi fuqarolar xavfsiz joyga evakuatsiya qilinganlar.
Bundan tashqari voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati, yong‘in-qutqaruv xizmati, tuman IIB, Prokuratura hamda Milliy gvardiya xodimlari chiqishgan.
Hozirda vaziyat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.