Toshkent markazidagi kafeda yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Bugun, 15 yanvar kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasida joylashgan vaqtinchalik ovqatlanish joylarining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida soat 02:51 da Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 02:55 da yetib borgan.

Yong‘in soat 03:04 da o‘rab olingan va soat 03:09 da o‘chirilgan. Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ovqatlanish joyining taxminan 150 kvadrat metr maydoni zararlangan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va uning moddiy zarar miqdori aniqlanyotgani bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan kafelardan birida yong‘in sodir bo‘lgan va oqibatda 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yunusobod yong'in kafe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing