Toshkentda yomg‘irlar sabab suv toshmoqda, daraxtlar qulamoqda

Jamiyat

image

Bir necha kundan buyon tinimsiz davom etayotgan yomg‘irlar Toshkent shahrida ham bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jumladan, Toshkent shahrida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalarda suv toshqinlari sodir bo‘layapti. Ko‘chalardagi daraxtlar ham sinib tushmoqda.

 

Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda yengil avtomobilni bosib qolgan daraxt tasvirlangan rasmlar tarqalgan edi.

Ayni paytda Toshkent shahar hokimiyati tomonidan 19–23 aprel kunlari shahar miqyosida jami 40 dan ortiq hududda yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilib, ushbu tadbirlar uchun turli funksiyadagi 50 dan ortiq maxsus texnikalar jalb etildi.

Yog‘ingarchilik miqdori uzluksiz va avvalgi yillarga nisbatan ko‘pligi munosabati bilan Shtab ishchi guruhi tomonidan eng birinchi navbatda, avtomobillar serqatnov bo‘lgan yo‘llar va aholi gavjum hududlarni hamda bosqichma-bosqich ichki ko‘chalardagi toshqinlarni bartaraf etish ishlari yo‘lga qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Yomg'ir

Baholaganlar

106

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing