Yomg‘irdan keyin ham Toshkent havosi tozalanmadi. Bunga sabab nima?
Jamiyat
−
10:47 2732 1 daqiqa
Kecha, 4 dekabr kuni Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘di, biroq bu bilan havo tozalanmadi. O‘zgidromet buning sababini tushuntirdi.
Qayd etilishicha, yog‘ingarchilikka qaramay, 5 dekabr kuni tongda poytaxtda PM2.5 konsentratsiyasi yana ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgan.
Toshkent shahridagi atmosfera havosini avtomatik kuzatish stansiyalarining ma’lum qilishicha, soat 09:00 holatiga ko‘ra:
- RM10'ning mayda dispers zarrachalari miqdori 88,5 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu REM (300 mkg/m3) dan oshmadi;
- PM2,5 mayda dispers zarrachalarining miqdori 64 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu REMdan 1,07 baravar (60 mkg/m3) oshdi.
Bildirilishicha, haroratning o‘zgarishi ko‘rsatkichlarning oshishiga olib kelgan.
“Haroratning keskin o‘zgarishi inversiya jarayonini keltirib chiqaradi, bunda atmosferadagi mayda dispers zarrachalar cho‘kadi va ularning ko‘rsatkichlari oshadi”, deya tushuntirdi O‘zgidromet.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 3 dekabr kuni Toshkent havosi sezilarli darajada tozalangandi.
Live
Barchasi