Toshkent ko‘chalarida 10 ballik tirbandlik kuzatilmoqda
Jamiyat
−
23 Oktabr 2023
13473Bugun, 23 oktyabr kuni Toshkent shahrida, ayniqsa Kichik halqa yo‘lining Shimoliy va Janubiy vokzal oralig‘idagi qismida uzoq muddatli tirbandliklar kuzatilmoqda. Ushbu hodisa Yandex ilovasining tirbandlikni baholash tizimida eng yuqori – 10 ballni ko‘rsatyapti. Transport vazirligi mazkur holatga rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining bir nechta asosiy ko‘chalarida olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari sababli harakat cheklanishi transport vositalari oqimining qayta taqsimlanishiga olib kelib, boshqa ko‘chalardagi mavjud oqimga qo‘shimcha yuklama hosil qilmoqda.
Shu bois shahardagi umumiy harakat tezligi, yig‘ilib qolgan qo‘shimcha oqim hisobiga keskin tushib ketgan. Bu holat esa o‘z navbatida barcha ko‘chalarda transport vositalari harakat tezligining pasayishiga olib kelmoqda.
“Ayni shu jihat Toshkent shahri jamoat transporti avtobuslar harakatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Alisher Navoiy, Labzak, Sag‘bon, Saqichmon, Mehrjon, Kichik halqa yo‘li, 8 mart, Shota Rustaveli, Bobur, Oybek, Arnasoy, Istiqbol, Muqimiy-Nukus hamda Nurafshon aylanma ko‘chalari orqali harakatlanuvchi 70 dan ortiq avtobus yo‘nalishlarida kunning tig‘iz paytida qatnov vaqti hamda oraliq interval vaqtlariga rioya etish imkoni bo‘lmay qolgan.
LiveBarchasi