Toshkent xalqaro aeroportida 21 yoshli qo‘shmachi ayol ushlandi
3-sahifa
−
13 mart
13633Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 2 nafar qizni fohishalik uchun Rossiyaga jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB Axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Yangiyo‘l tumanida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan “Bonu” taxallusi bilan tanilgan ayol Toshkent va Xorazm viloyatida yashovchi ikki nafar tengdoshi (ayollar)ni mo‘may daromad topadigan ish topib berishni va’da qilib, fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportidan Toshkent – Jukovskiy aviareysi orqali Rossiya Federatsiyasiga jo‘natmoqchi bo‘lgan. Biroq u aeroportda IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 yanvar kuni Interpol tomonidan qizil bildirishnoma bilan “Xalqaro odam savdosi” jinoyati doirasida qidiruvga berilgan, xalq orasida “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan, 1989 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Nilufar Abduraimovna Mirxanova Turkiyaning Chanoqqal’a viloyati Ayvajik tumanida ushlangani haqida xabar bergan edik. Keyinroq uning 7 nafar o‘zbekistonlik hamtovog‘i ham ushlangani ma’lum bo‘ldi. 10 yanvar kuni esa ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi.
LiveBarchasi