Toshkent xalqaro aeroportida samolyotlarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi

Jamiyat

image

Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Qayd etilishicha, quyidagi reyslar Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan:

  • “Silk Avia” aviakompaniyasining Farg‘ona – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha US402;
  • “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Bishkek – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY778;
  • “UTair” aviakompaniyasining Surgut – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha UTA-709;
  • “Centrum Air” aviakompaniyasining Dubay – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha MFX-352;

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Grozniy – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY9702 reysi Buxorodagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan.

“Parvozlar ma’lumotlari yangilanmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent xalqaro aeroport cheklov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing