Toshkent xalqaro aeroportida estakadaga kirish yopildi
Jamiyat
−
28 avgust 2023
7230Toshkent xalqaro aeroportida estakadaga kirish vaqtincha yopildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, estakadaga kirishning yopilishi yo‘l belgilari yangilanishi bilan bog‘liq. “Uzbekistan Airports” xabariga ko‘ra, harakat 28 avgust kuni 18:00 ga qadar tiklanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida shaharning “Qo‘yliq” podstansiyasida sodir bo‘lgan avariya tufayli elektr ta’minotida uzilish yuz bergan edi. Ma’lum qilinishicha, kecha, 27 avgust kuni soat 22:09 da sodir bo‘lgan avariyaviy holatdan bir necha soniya o‘tib zaxira manbalardan parvozlarni ta’minlovchi ob’ektlar: uchish-qo‘nish yo‘laklari, havo harakatini boshqarish tizimlari, radionavigatsiya uskunalari quvvati tiklangan. Shu tufayli poytaxt aeroportida reyslar kechiktirilmagan.
LiveBarchasi